AsosiyDunyo

AQSh va Yaponiya olimlari saratonga qarshi yangi vaksina yaratdi

'AQSh va Yaponiya olimlari saratonga qarshi yangi vaksina yaratdi'ning rasmi

AQSh va Yaponiya olimlari saraton kasalligiga qarshi vaksina yaratdi. U immunitet tizimini mustahkamlash orqali organizmdagi xavfli o`smalarni yo`q qilishga yordam beradi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Ma`lum qilinishicha, hozirga qadar bu xastalikni davolashda so`nggi chora sifatida kimyoterapiya va nur terapiyasi muolajalari hamda jarrohlik amaliyoti qo`llanib kelinmoqda.  

Tadqiqotchilar yangi vaksina har qanday yoshdagi bemorlarda samara berishi, qolaversa, saratonning barcha turlariga qarshi kurasha olishini ta`kidlamoqda.

Preparat allaqachon jonivorlarda sinovdan o`tkazilgan. Bu jarayonda vaksina xavfli o`smalarni “mudofaa” qiluvchi “qotil” hujayralarga ta`sir ko`rsatishi aniqlandi. Ya`ni u saraton hujayralari yuzasida oqsillar zichligini oshirib, immunitetni “rag`batlantiradi”.

Ayni paytda olimlar vaksinani bemorlarda sinovdan o`tkazmoqda.  Bu jarayon muvaffaqiyatli yakunlansa, zamonaviy tibbiyot saraton o`smalariga qarshi kurashishning yangi usuliga ega bo`lishi mumkin.

 

 

    Boshqa yangiliklar