1

Parij-2024ga ilk lisenziyani paralimpiyachi qo`lga kiritdi

Sport 13.06.2022, 23:54
Parij-2024ga ilk lisenziyani paralimpiyachi qo`lga kiritdi

Joriy yilning 4-12 iyun kunlari Fransiyaning Shatoru shahrida para o`q otish bo`yicha o`tkazilgan Jahon kubogida O`zbekiston sharafini himoya qilgan Server Ibragimov erkaklar o`rtasida 50 metrga to`pponchadan otish bo`yicha bahslarda 200.7 ochko jamg`argan holda bronza medaliga, 10 metrga pnevmatik to`pponchadan otish bo`yicha bahslarda esa 217.1 ochko jamg`arib kumush medalga sazovor bo`ldi.

O`zbekiston Milliy paralimpiya qo`mitasi bu haqda xabar bermoqda.

Ta`kidlanishicha, Server Ibragimov ushbu natijasi bilan O`zbekiston hisobiga 2 ta medalni yozdirib qo`yish bilan bir qatorda, 2024 yil Parijda bo`ladigan XVII yozgi Paralimpiya o`yinlariga to`g`ridan-to`g`ri lisenziyani ham qo`lga kiritgan.  

Aynan Server Ibragimov Parij-2024ga lisenziya qo`lga kiritgan ilk o`zbekistonlik sportchiga aylangani aytiladi.

Ma`lumotlarga asosan, Server Ibragimov para o`q otish bo`yicha bir necha bor Jahon va Osiyo chempionatlari sovrindori, shuningdek Rio-2016 yozgi Paralimpiya o`yinlari bronza medali sohibi hisoblanadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1