1

O`zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo Kubogiga yo`llanma oldi

Sport 14.06.2022, 13:00
O`zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo Kubogiga yo`llanma oldi

Xabaringiz bor, 2023 yilda futbol bo`yicha Osiyo kubogi bo`lib o`tishi belgilangan.  Osiyo Kubogi-2023 saralashi doirasida 3-turning dastlabki bahsida Falastin Filippin darvozasiga javobsiz 4ta to`p kiritib, o`z guruhida 1-o`rin bilan turnirning final bosqichiga chiqdi. Bu haqda Sportni rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Ma`lum qilinishicha, guruhning ikkinchi bahsida Yaman Mo`g`uliston bilan o`ynaydi. Ammo ushbu guruhda 2-o`rinni egallagan jamoa 4 ochkodan ko`p jamg`ara olmaydi.

Natijada qolgan guruhlardagi 6 ochko to`plagan jamoalar O`zbekiston, Iordaniya, Tailand, Gonkong, Hindiston, Bahrayn, Tojikiston hamda Qirg`iziston 3-tur oldidan muddatidan avval Osiyo kubogiga yo`llanma olishdi.

O`zbekiston ketma-ket 8-marta Osiyo kubogida ishtirok etadi.

Eslatib o`tamiz, saralashda 6ta guruh bor va ulardagi 1-o`rin sohiblari hamda 2-o`rin egalaridan eng yaxshi 5tasi final bosqichiga chiqadi.

Ma`lumot uchun, “C” guruhidagi O`zbekiston saralashning so`nggi turida bugun Tailand bilan o`yin o`tkazadi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1