1

Kattaqo`rg`onda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi

Jinoyat 17.06.2022, 12:30
Kattaqo`rg`onda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Kattaqo`rg`on tuman bo`limi tomonidan “Hududgaz Samarqand” gaz ta`minoti filiali mutaxassislari bilan  tergovga qadar tekshiruv o`tkazildi.

Unda, tumandagi “Mirzo Ulug`bek” MFY hududidagi noturar binoda fuqaro S.X. gazlashtirish uchun hujjatlarni rasmiylashtirmasdan tabiiy gaz tarmog`iga noqonuniy ulanib, 4 dona ohak pishirishga mo`ljallangan qo`lbola yasalgan pechlarga 10 dona nostandart gaz yondirgichlarini o`zboshimchalik bilan o`rnatib ishlatganligi natijasida, umumiy da`vo muddatidan kelib chiqib holda davlat va jamiyat manfaatlariga 3,5 mlrd so`m zarar etkazilganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1