Soha mutaxassislarining ma`lumot berishicha, dam olish kunlari O`zbekiston hududining katta qismida quruq va biroz issiq ob-havo kuzatiladi.
Faqat Toshkent viloyatida, Farg`ona vodiysi viloyatlarida, shuningdek respublikaning tog` oldi va tog`li hududlarida ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Ayrim joylarda do`l yog`ishi mumkin. Respublika bo`yicha ba`zi joylarda shamol 18-23 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.
Ushbu kunlarda harorat foni o`rtacha ko`p yillik qiymatlardan yuqori bo`ladi va 34-39° ni tashkil etadi, bugun janubda va cho`l hududlarda ba`zi joylarda 40-42° gacha bo`ladi.






