AsosiyJamiyat

Samarqandda tez yordam mashinasi YTHga uchradi

'Samarqandda tez yordam mashinasi YTHga uchradi'ning rasmi

Holat yuzasidan viloyat IIB ma`lumot berdi.

Ma`lum bo`lishicha, bugun, 17 iyun kuni Samarqand shahri Buyuk ipak yo`li hamda Narpay ko`chalari chorraxasida “Vaz-2106” hamda “Toyota” rusumli tez yordam mashinalar o`rtasida yo`l-transport hodisasi yuz bergan. To`qnashuv vaqtida tez yordam mashinasi ichida bemorlar bo`lmagani aytilmoqda.

"Hodisa oqibatida hech kim tan jarohati olmagan. Mashinalarga texnik shikast etgan. Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahar IIO FMB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda",-deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar