1

"Yangi Nafas": 26 iyun kuni O`zbekistonning sakkizta shahrida bir paytda bayramga bag`ishlangan yugurish musobaqasi bo`lib o`tadi

Sport 21.06.2022, 13:46
"Yangi Nafas": 26 iyun kuni O`zbekistonning sakkizta shahrida bir paytda bayramga bag`ishlangan yugurish musobaqasi bo`lib o`tadi

2022 yilning 26 iyun kuni respublikaning sakkizta shahrida bir paytda O`zbekiston Yoshlar kunini va “Olimpiya kuni” Xalqaro sport bayramini nishonlashga bag`ishlangan "YangiNafas" sport yugurish musobaqasi bo`lib o`tadi. Yugurish musobaqasining rasmiy shiori - Bir vatanda, bir vaktda, bir xil masofaga, bir maqsadda – birga yuguramiz! 

2017 yilda prezident Shavkat Mirziyoevning tashabbusi bilan o`tkazilib boshlangan Yoshlar kuni O`zbekiston milliy bayramlari kalendaridan mustahkam o`rin egalladi va bugungi kunda mamlakatning deyarli 60 foiz aholisini birlashtirmoqda. Yosh auditoriyani keng qamrab olish va engil atletikaga qiziqishini oshirish maqsadida bu yili ilk marotaba "Yangi Nafas" mashhur loyihasi Yoshlar kuni tadbirlari dasturiga qo`shildi. Tashabbus 2020 yilda O`zbekiston Respublikasi Engil atletika federasiyasi tomonidan, ommaviy sportni rivojlantirish uchun keng ko`lamli sport harakati sifatida joriy etilgan edi (Aral Marathon, Save Aral va boshqalar).

Olimpiya kuni – bu Olimpiya harakatiga bag`ishlangan an`anaviy sport bayrami. Ushbu kun dunyo bo`ylab nishonlanadigan eng ommaviy bayramlardan biri bo`lib, u Xalqaro Olimpiya qo`mitasining 205 ta ishtirokchi-mamlakati tomonidan nishonlanadi. Jismoniy madaniyat va sportga qiziqish bildirgan hamda sog`lom turmush tarzi g`oyalarini qo`llab-quvvatlaydigan millionlab insonlar turli xil aksiyalar va musobaqalarda ishtirok etadi. 2022 yilda bayram «Birgalikda, butun dunyoda tinchlik bo`lishi uchun» - #MoveForPeace shiori ostida o`tmoqda. 

"Yangi Nafas" sport yugurish musobaqasi ushbu yili tamoman yangi formatda bo`lib o`tadi. Farg`ona, Namangan, Chirchiq, Guliston, Jizzax, Samarqand, Shahrisabz va Toshkentning markaziy ko`chalari bo`ylab bir vaqtning o`zida 16 000 dan ortiq inson yuguradi. Yugurish musobaqasida umumiy ta`lim va sport maktablarining o`quvchilari, oliygohlarning talabalari, jamoat arboblari ishtirok etadi. Birinchi marotaba yugurish musobaqasining jonli efirda uzatilishi tashkil etiladi. Yugurish masofasi 3 km ni tashkil qiladi. Ishtirokchilarni ro`yxatdan o`tkazish jarayoni 06:30 da, tadbirning o`zi esa – 07:30 da boshlanadi. Masofa g`oliblari qimmatbaho sovg`alar bilan taqdirlanadi.

Toshkentda "Yangi Nafas" yugurish musobaqasining start nuqtasi bo`lib, Afrosiyob va Beshyog`och ko`chalarining kesishish joyida joylashgan Humo Arena sport-ko`ngilochar majmuasining maydoni hisoblanadi.

"Yangi Nafas" sport yugurish poygasida istagan har bir inson ishtirok etishi mumkin. Sport trassasining puxta ravishda tayyorlanishi shuningdek imkoniyatlari cheklangan yuguruvchilarning xavfsiz va qulay sharoitlarda ishtirok etish imkoniyatini ta`minlaydi. 

«Sport, birinchi navbatda, bu yoshlik degani, - deb ta`kidlaydi Andrey Abduvaliev, O`zbekiston Engil atletika federasiyasi raisining o`rinbosari, - Va bizning asosiy tarbiyalanuvchilarimiz yosh avlod vakillaridir. Biz, o`z tajribamizdan va amaliyotimizdan kelib chiqib, ularga eng yaxshisini beramiz. Ta`kidlab o`tish joizki, engil atletika O`zbekiston yosh avlodining salohiyatini amalga oshirish va rivojlantirish uchun eng samarali sohalardan biri bo`lib hisoblanadi. Bunday formatdagi ommaviy tadbirlarning o`tkazilishi yoshlarga sog`lom turmush tarzini qo`llab-quvvatlash va sportda o`z kuchini sinab ko`rish uchun imkoniyat beradi».

Yugurish musobaqalariga har bir shaharda malakali hakamlar, murabbiylar va Engil atletika federasiyasi tomonidan tayyorlangan volonterlar jamoasi jalb qilinadi. "Yangi Nafas" deb nomlangan bir vaqtda yugurishmusobaqasiraqslar fleshmobi bilan yakunlanadi.

"Yangi Nafas" yugurish musobaqasining asosiy tashkilotchilari sifatida Toshkent shahar hokimiyati, Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi, O`zbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vazirligi, “O`zbekneftgaz” AJ, Adliya vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Milliy Olimpiya qo`mitasi va Engil atletika federasiyasi ishtirok etadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1