1

Bir olmaning ikki yuzi

Siyosat 21.06.2022, 15:44
Teglar: Boku
Bir olmaning ikki yuzi

Bir xil tarixga, umumiy kechmishga ega Ozarboyjon va o`zbek xalqlari orasidagi do`stlik va qardoshlik ildizlari moziyning chuqur qatlamlariga borib taqaladi. O`zbeklar har doim Ozarboyjon adabiyotiga, madaniyati katta qiziqish bilan qarab kelishgan. Nizomiy Ganjaviy, Muhammad Fuzuliy, Imodididdin Nasimiy singari mutafakkirlar har doim o`zbek madaniy-adaabiy muhitida, ijtimoiy hayotida puxta o`rganilgan va targ`ib qilingan. O`rta asrlardan boshlab buyuk shoir Nizomiy Ganjaviyning asarlari o`zbek tiliga tarjima qilingan, o`zbek adabiyoti va adabiyotshunosligida Nizomiy an`analari katta o`rin tutgan. 

Sovet hokimiyati yillarida turkiy xalqlar o`rtasidagi o`zaro munosabatlarga turli to`siqlar qo`yimlgani, siyosiy ta`qiblarga yo`l qo`yilganiga qaramasdan, xalqlarimiz orasidagi aloqalar uzluksiz davom etib keldi. 

O`zbekiston bilan Ozarboyjon o`rtasidagi bu kun o`zining yuksak rivojlanish darajasiga etgan adabiy-madaniy aloqalar xususan, Ozarboyjon xalqining umummilliy lideri Haydar Aliev Ozarboyjonga  rahbarlik qilgan yillarda rivojlangan. Bu davrda Ozarboyjon va O`zbekiston har ikki mamlaktning kino, teatr kunlari, madaniyat dekadalari, san`at ko`rgazmalari, o`tkazilgan, ikki qardosh xalqning bir-biriga yanada yaqinlashuvi uchun muhim tadbirlar o`tkazilgan. O`sha yillarda Nizomiy, Nasimiy, Fuzuliy, Said Azim Shirvoniy, Mirzo Aliakbar Sobir, Baxtiyor Vahobzoda, Narimon Hasanzoda, Anor, Zalimxon Yoqub singari shoir va yozuvchilarning asarlari o`zbek tilida nashr qilingan. 

70-80 yillar adabiyotida qardosh o`zbek xalqi bilan bog`liq badiiy adabiyot namunalariga duch kelish mumkin. Ijodida turkiylik, turonsevarlik g`oyalarini tarannum etgan Baxtiyor Vahobzodaning “Salom O`zbekiston” nomli she`ri shu jihatdan nihoyatdjaa qadrlidir. 

Baxtiyor Vahobzoda ushbu she`rida sovet qatag`on mashinasining ta`qib va tazyiqiga qaramay, turk xalqlarining birligidan, qardoshligidan, tilimiz, mildizlarimiz, Vatanimizning yaxlitligidan so`z ochgan. Shoirning fikricha, Ozarboyjon ham, O`zbekiston ham har birimiz uchun Vatandir, buyuk turk dunyosining ikki parchasidir, bir tanu bir jondir. 

Biz bir jonmiz, yagonamiz azaldan, 

Bu Vatanga u Vatandan salomlar, 

Bir bir yo`lning yo`lchisimiz har zamon, 

Senga mendan menga sendan salomlar!

Shuni alohida ta`kidlash joizki, ikki mamlakat orasidagi adabiy-madaniy aloqalar rivojida vaqti-vaqti bilan O`zbekistonda yashagan, o`z taqdirini bu o`lka bilan bog`lagan ozarbyuoyjonlik ziyolilar ham o`zlarining munosiyub hissalarini qo`shishgan. Bu safda o`zbek adabiyotining zabardast vakili, shoir, dramaturg, tarjimon, aslida Qazax tumanining Salohli qishlog`ida tug`ilib o`sgan Maqsud Shayxzodaning, taniqli jurnalist, pedagog, adabiyotshunos Said Rizo Alizodaning, O`zbekiston va Ozarboyjon xalq artisti Firudin Safarovning, Ozarboyjon millatiga mansub rassom Aynulla Fathullaevning nmlarini faxr bilan tilga olish joiz. 

Ozarbayjon va O`zbekiston davlat mustaqilligiga erishgach, tarixiy do`stlik va qardoshlik munosabatlarini yanada rivojlantirib, ko`p yillik sinovlardan so`ng bugungi darajaga etdi. Mustaqillik yillarida ikki qardosh davlat o`rtasidagi munosabatlarni rivojlantirish, davlatlararo munosabatlarni shakllantirishga Milliy etakchimiz Haydar Aliev va O`zbekistonning sobiq Prezidenti Islom Karimovning beqiyos xizmatlari bor. Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliev har ikki davlat rahbarining tarixiy xizmatlarini yuksak baholab, shunday dedi: “Xalqlarimiz o`rtasidagi munosabatlar sho`rolar davrida ham yaqin edi, ular qardoshlik asosida qurilgan. Shuningdek, ayniqsa, mustaqillik davrida ikki davlat rahbarlari – Haydar Aliev va Islom Karimov ikki tomonlama munosabatlarni bugungi kun darajasiga olib chiqishda juda muhim rol o`ynadi”. Ya`ni, do`stligimiz buyuk tarixga, tarixiy ildizlarga ega. Vaholanki, O`zbekiston va Ozarbayjon mustaqil davlatlar sifatida keyingi yillarda bu hamkorlikni yuqori darajaga ko`tardi.

Aynan ikki davlat rahbarlarining sa`y-harakatlari bilan mamlakatlarimiz o`rtasida 1995 yilda siyosiy aloqalar o`rnatildi, 1996 yilda Ozarbayjon Respublikasining O`zbekiston Respublikasidagi va 1998 yilda O`zbekiston Respublikasining Ozarbayjon Respublikasidagi elchixonalari ochildi. Ana shu munosabatlarning davomi sifatida mamlakatlarimiz o`rtasida turli yillarda davlat rahbarlari darajasida o`zaro tashriflar amalga oshirilib, turli sohalardagi hamkorlik, do`stlik va sheriklik munosabatlariga asos solgan hujjatlar imzolandi. Qardosh O`zbekiston umummilliy etakchimiz faoliyatini yuksak baholab, buyuk yo`lboshchimizga doimo yuksak hurmat-ehtirom bilan qaragan, turkiy dunyoning buyuk farzandiga yuksak mehr va hamdardlik izhor etgan. 

Ana shu oliy mehr-muhabbat ifodasi sifatida 2010 yil 27 sentyabr kuni Toshkent shahrida Ozarbayjonning O`zbekistondagi elchixonasi qoshida Prezident Ilhom Aliev va O`zbekistonning o`sha paytdagi Bosh vaziri Shavkat Mirziyoev ishtiroki va duolari bilan Haydar Aliev nomidagi madaniyat markazi ochildi. Ta`kidlash joizki, Markaz buyuk yo`lboshchimiz nomidagi ko`chada joylashgan. Bu erda Haydar Aliev muzeyi, Ozarbayjon davlatchiligi tarixi muzeyi, Ozarbayjon va O`zbekiston qo`shma tarix muzeyi tashkil etilgan. Mazkur muzeylarning har birida namoyish etilayotgan tarixiy hujjatlar, nodir eksponatlar mamlakatlarimiz o`rtasidagi qadimiy tarixiy-madaniy aloqalarning yorqin namunasi sifatida alohida ahamiyatga ega. Bugungi kunda O`zbekistondagi elchixonamiz qoshida faoliyat yuritayotgan Haydar Aliev nomidagi madaniyat markazi ikki qardosh davlat o`rtasidagi madaniy aloqalarni yanada mustahkamlash yo`lida sa`y-harakatlarni amalga oshirmoqda. Markazga Boku davlat universitetining kutubxona-axborot fakulteti bitiruvchisi, Ozarbayjonning O`zbekistondagi elchixonasi madaniyat attashesi Samir Abbosov rahbarlik qiladi.

Qardosh mamlakatlar o`rtasidagi aloqalar Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti, umummilliy liderimizning munosib davomchisi Ilhom Aliev rahbarlik qilgan yillarda yanada chuqurlashdi. Bu davrda siyosiy, diplomatik, iqtisodiy aloqalar bilan bir qatorda adabiy-madaniy hamkorlik ham rivojlandi. Bu davrda O`zbekistonda buyuk ozarbayjon shoiri Nizomiy Ganjaviyga, Bokuda ulug` o`zbek shoiri Alisher Navoiyga haykal o`rnatildi. Atoqli ozarbayjon va o`zbek mumtozlarining asarlari o`zaro tarjima qilinib, ommaviy tirajda nashr etilgan.

Keyingi yillarda O`zbekiston oliy o`quv yurtlari bilan Ozarbayjon ilm-fan va ta`limi etakchisi Boku davlat universiteti o`rtasidagi hamkorlikka alohida e`tibor qaratilmoqda. O`zbekistonning Ozarbayjondagi Favqulodda va muxtor elchisi Bahrom Ashrafxonov BDUga tashrif buyurib, fan va ta`lim sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi. BDU va Toshkent yuridik universiteti hamda Samarqand davlat universiteti o`rtasida hamkorlik shartnomalari imzolandi. Ushbu shartnomalar ikki qardosh davlat universitetlari o`rtasida akademik, ilmiy va madaniy almashinuv imkoniyatlarini rivojlantirish, ilmiy-tadqiqot sohasidagi hamkorlikni ko`zda tutadi. 

Ta`kidlash joizki, buyuk yo`lboshchimiz Haydar Aliev bilan birgalikda O`zbekiston va Ozarbayjon o`rtasidagi munosabatlarni rivojlantirishga ulkan hissa qo`shgan O`zbekistonning sobiq prezidenti Islom Karimov Boku davlat universitetining faxriy doktori hisoblanadi.

Buyuk yo`lboshchimiz Haydar Aliev va O`zbekiston Respublikasining sobiq Prezidenti Islom Karimov asos solgan O`zbekiston-Ozarbayjon munosabatlari bugungi kunda Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliev va O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan muvaffaqiyatli davom ettirilib, rivojlantirilmoqda. O`zbekiston Shavkat Mirziyoev. Bugungi kunda Ozarbayjon mintaqaning etakchisi sifatida barcha turkiy davlatlar, jumladan, O`zbekiston bilan ham yuqori darajada diplomatik aloqalar o`rnatish va rivojlantirish borasida muhim tashabbuslar bilan chiqmoqda, turk hamjamiyatining rivojlanishiga katta hissa qo`shmoqda.

TURKSOY, TURKPA, Turk akademiyasi, Turk madaniyati va merosi jamg`armasi, Turk ishbilarmonlar kengashi va boshqa tashkilotlar doirasida Ozarbayjon-O`zbekiston munosabatlari kundan-kunga rivojlanib bormoqda. Ayni paytda O`zbekistondagi yuqori darajada tashkil etilgan ozarbayjon diasporasi bu munosabatlarni rivojlantirishda muhim o`rin tutadi.

44 kunlik Vatan urushidagi yorqin g`alabamiz bilan qardosh O`zbekiston Tog`li Qorabog` mojarosini hal etishda Ozarbayjonning adolatli pozisiyasini doimo qo`llab-quvvatlab kelgan, xalqaro tashkilotlar, ikki va ko`p tomonlama uchrashuvlarda davlatimizning hududiy yaxlitligi yuzasidan o`zining aniq pozisiyasini bir necha bor bildirgan. 

Ozod Qorabog`dagi qurilish ishlariga O`zbekiston ham qo`shilgani g`ururga to`la. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning bevosita tashabbusi bilan O`zbekiston davlati mablag`lari hisobidan Fuzuli tumanida katta maktab qurish loyihasi Ozarbayjon hukumatiga taqdim etildi. Ishonchimiz komilki, qardosh o`zbek xalqi va o`zbek davlati ozod Qorabog`imizni tiklashga yanada katta hissa qo`shadi, ikki davlat o`rtasidagi ko`p asrlik do`stlik va qardoshlik munosabatlari bundan buyon ham rivojlanib, xalqlarimiz farovonligini yuksaltirishga xizmat qiladi.

 

Elchin Boboev,
Boku davlat universiteti rektori

Sharhlar

Afsonaviy Qiz minorasi, eng mitti kitoblar muzeyi, mashhur “Brilliant qo`l” filmi... Bokuning Icheri Sheheri sayyohlarni nimasi bilan o`ziga jalb etmoqda? (fotosayohat)

21.06.2022, 23:03

Avval xabar qilganimizdek, O`zbekiston Turizm va madaniy meros vazirligi hamda Ozarbayjon davlat turizm agentligi hamkorligida tashkil etilgan info-tur munosabati bilan bir guruh o`zbekistonlik jurnalistlar Ozarbayjonning madaniyati,...
Boku nega poytaxt bo`lgan? Yoxud kaspiy sohillarida joylashgan mo`jiza xususida

19.06.2022, 08:26

Avval xabar qilganimizdek, ayni paytda O`zbekiston Turizm va madaniy meros vazirligi hamda Ozarbayjon davlat turizm agentligi hamkorligida bir guruh o`zbekistonlik jurnalistlar Ozarbayjonning madaniyati, tarixiy va madaniy obyektlari,...
Ozarbayjon prezidenti O`zbekistonga keladi

17.06.2022, 03:21

Iyun oyining so`nggi o`n kunligida Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliev O`zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelishi kutilmoqda. Bu haqda ayni paytda Ozarbayjonda bo`lib turgan "darakchi.uz" jurnalisti xabar...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1