Ijtimoiy tarmoqlarda Farg`ona viloyatida fuqarolar o`rtasida janjal bo`lgani videosi tarqaldi.
IIV vazirligi Matbuot xizmati holati yuzasidan tekshiruv o`tkazilayotgani haqida ma`lum qildi.
Aniqlanishicha, joriy yilning 13 may kuni Farg`ona shahar A.Jomiy ko`chasida joylashgan 16-sonli ko`p qavatli uyda yashovchi qo`shnilar o`rtasida, xonadonlarning birida it boqish bilan bog`liq maishiy muammolar oqibatida janjal kelib chiqqan. Natijada, bir nechta qo`shnilar bir-birlarini xaqoratlab, tan jarohatlari etkazib, xonadon oynalarini sindirishgan.
Xozirda, jamoat tartibini buzishda qatnashgan barcha ishtirokchilarning shaxsi aniqlangan bo`lib, holat yuzasidan tergov oldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.






