O`zbekistonda joriy mavsumda shu kunga qadar 60 nafarga yaqin fuqaro suv havzalarida halok bo`lgan.
O`rganish natijalariga ko`ra, ularning aksariyati ruxsat etilmagan joylarda cho`milgan, ayrimlari esa o`z ehtiyotsizligi natijasida suvga tushib ketgan. Bu haqda FVV ma`lumot berdi.
"Yoz mavsumi boshlanganiga hali hechqancha vaqt bo`lmadi. Yuqoridagi raqamlar esa haqiqatda ayanchli, insonni xavotirga soladi. Hurmatli yurtdoshlar, ota-onalar, farzandlaringizni nazoratsiz qoldirmang, ularga taqiqlangan suv havzalarida cho`milish aslo mumkin emasligini tushuntiring",-deya ta`kidlanmoqda.






