Ukraina futbol federasiyasi mamlakatning mashhur futbolchilaridan biri, “Milan” klubi afsonasi Andrey Shevchenkoni Ukraina terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinladi.
Federasiya Shevchenko bilan 2 yillik shartnoma imzoladi. Ushbu kelishuvni tomonlarning roziligi bilan yana 2 yilga uzaytrish mumkin. "Sheva" 2012 yilda futbolchilik faoliyatini yakunlagan edi. Avval u hech qaerda murabbiylik qilmagan.
BBC agnetligining qayd etishicha, ukrainalik mutaxassisga murabbiylik shtabida italiyalik Mauro Tassotti va Andrea Malder hamda ispaniyalik Raul Riancho yordam beradi.
Ta`kidlash joizki, Ukraina termasining avvalgi bosh murabbiyi Mixail Fomenko Evro-2016 turniridagi muvaffaqiyatsizlikdan keyin o`z xohishiga ko`ra iste`foga chiqqandi.





