1

Velosport bo`yicha Osiyo chempionatida o`zbekistonlik sportchilar 8ta medalga sazovor bo`lishdi

Sport 22.06.2022, 22:43
Velosport bo`yicha Osiyo chempionatida o`zbekistonlik sportchilar 8ta medalga sazovor bo`lishdi

Hindistonda velosportning trek yo`nalishi bo`yicha Osiyo chempionati o`z yakuniga etdi. 18-22 iyun kunlari o`tgan musobaqada O`zbekiston terma jamoasi vakillari 8ta medal qo`lga kiritishdi. Bu haqda Sportni rivojlantirish vazirligi xabar bermoqda.

Ta`kidlanishicha, yoshlar o`rtasida ochkolar bo`yicha guruh poygasi dasturida kechgan bellashuvlarda o`zbek sportchilari raqiblarini katta farq bilan ortda qoldirishga erishdi.

Velosport bo`yicha OCh,

Yigitlar, ochkolar bo`yicha guruh poygasi (U-20):

1. Farruh Bobosherov (O`zbekiston) – 74 ochko;

2. Li Sungyonu (Koreya Respublikasi) – 24;

3. Yumnam Birdjit (Hindiston) – 23.

Shuningdek, bugungi bellashuvlarda Asal Rizaeva, Nafosat Kozieva hamda Yanina Kuskova juftligi medison dasturida bronza medallariga sazovor bo`lishgani aytiladi. Shu tariqa, velotrek bo`yicha O`zbekiston terma jamoasi qit`a birinchiligini 1 ta oltin va 7 ta bronza medallari bilan yakunladi. 

Jamoa quyidagi yo`nalishlarda medallarga sazovor bo`ldi:

Oltin:

Farruh Bobosherov – yoshlar o`rtasida ochkolar bo`yicha guruh poygasi.

Bronza:

Yanina Kuskova – ayollar o`rtasida individual poyga;

Sofiya Karimova – qizlar o`rtasida ochkolar bo`yicha guruh poygasi;

Vladislav Troman – yigitlar o`rtasida omnium poygasi;

Yanina Kuskova – ayollar o`rtasida ochkolar bo`yicha guruh poygasi;

Sofiya Karimova – qizlar o`rtasida skretch dasturi;

Asal Rizaeva – qizlar o`rtasida omnium dasturi;

Nafosat Kozieva hamda Yanina Kuskova – ayollar o`rtasida medison, juftlik.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1