Ukrainada urush boshlanganidan beri kamida 4634 nafar tinch aholi halok bo`ldi. Yana 5769 kishi jarohatlangan. Bu haqda "Meduza" xabar qilmoqda.
BMT Inson huquqlari bo`yicha Oliy komissari boshqarmasi ma`lumotlariga ko`ra, halok bo`lganlar orasida 320 nafar bola bor, 478 nafari yaralangan.
Sal avval, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qochqinlar bo`yicha Oliy komissarligi urush boshlanganidan beri sakkiz milliondan ortiq odam Ukrainani tark etgani haqida xabar qilgan edi.