AsosiyJamiyat

Sirdaryodagi yo`l ta`mirida noqonuniy holatlar aniqlandi

'Sirdaryodagi yo`l ta`mirida noqonuniy holatlar aniqlandi'ning rasmi

Davlat xavfsizlik xizmatining Sirdaryo viloyati bo`yicha boshqarmasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining hududiy boshqarmasi xodimlari hamkorligida olib borilgan o`rganishlar natijasida yo`l infratuzilmasi ob`ektlarida byudjet mablag`larini talon-toroj qilish holatlari aniqlandi. Bu haqda O`zA yozmoqda.

Xususan, 2020-2021 yillarda Boyovut tumani yo`llardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan tumandagi umumfoydalanuv avtomobil yo`llari va “Obod qishloq” dasturiga asosan ichki yo`llarda amalga oshirilgan qayta ta`mirlash ishlari nazorat o`lchovidan o`tkazilganda, mazkur korxona mansabdor shaxslari o`zaro til biriktirib, hisobotlarga bajarilmagan ishlarni qo`shib yozish orqali jami 1 mlrd. 525 mln. so`m miqdoridagi byudjet mablag`larini rastrata qilish yo`li bilan talon-toroj qilganliklari ma`lum bo`ldi.

Hozirda Boyovut tumani yo`llardan foydalanish unitar korxonasi mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat Kodeksining 167- (O`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish) va 209- (Mansab soxtakorligi) moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar