1

"Rossiya energiya resurslarini etkazib berish bo`yicha o`z majburiyatlariga qat`iy rioya qiladi"

Dunyo 23.06.2022, 21:30
"Rossiya energiya resurslarini etkazib berish bo`yicha o`z majburiyatlariga qat`iy rioya qiladi"

Vladimir Putin matbuot kotibi Dmitriy Peskov bugun, payshanba kuni jurnalistlarga Rossiya Evropaga energiya etkazib berish bo`yicha o`zining barcha majburiyatlariga qat`iy rioya qilishini aytdi.

"Rossiya Federasiyasi o`z zimmasiga olgan barcha majburiyatlarni qat`iy bajarmoqda. Yillar davomida Evropaga etarlicha ishonchli va tasdiqlangan energiya etkazib beruvchisi bo`lgan mamlakat bu boradagi obro`siga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo`ladi", - deydi Kreml vakili.

"Infratuzilmani saqlash va ishlatish uchun ma`lum texnologik sikllar mavjud; bular haqida ma`lumotni to`g`ridan-to`g`ri "Gazprom"dan olgan ma`qul", - deydi Peskov. 

"Yana takror aytaman, Rossiya Evropaga energiya resurslarining ishonchli etkazib beruvchisi bo`lgan va shunday bo`lib qoladi", — deya qo`shimcha qiladi u.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1