AsosiyJamiyat

Talabalar loyihalari uchun 100 mlrd. so`m imtiyozli kredit ajratiladi

'Talabalar loyihalari uchun 100 mlrd. so`m imtiyozli kredit ajratiladi'ning rasmi

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga Prezidentning “Respublika oliy ta`lim muassasalari talabalari bandligini ta`minlash va ularning bo`sh vaqtlarini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risida"gi qarori loyihasi muhokamaga qo`yildi. Bu haqda Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Ma`lum qilinishicha, hujjatda quyidagilar nazarda tutilmoqda:

Talabalar bandligini ta`minlash va ularning bo`sh vaqtini samarali tashkil etishning asosiy yo`nalishlari belgilanadi.

Respublika OTMda Marketing va talabalar amaliyoti bo`limlari negizida keng tarmoqli “Karera markazlari” tashkil etiladi.

2022 yil 1 sentyabrdan boshlab:

- talabalar tomonidan qo`shimcha pullik ta`lim, konsalting va xizmat ko`rsatish bo`yicha tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish uchun OTM bino va inshootlarining bo`sh turgan hududlari “nol” qiymatda ijaraga beriladi;

- talabalarning o`qish davomida mehnat faoliyati olib borganligini hisoblash tartibi joriy etiladi;

- Bosh vazir o`rinbosarlari, vazirlik va idoralarning birinchi rahbarlari, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari talabalar bilan har chorakda bir marotaba ochiq muloqotlar o`tkazib boradi.

Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo o`yinlari, jahon va Osiyo chempionatlari hamda kuboklarining oxirgi besh yildagi, O`zbekiston chempionatlari hamda kuboklarining oxirgi ikki yildagi g`olib va sovrindorlari bo`lgan talabalarning trenerlik faoliyati bilan shug`ullanishiga ruxsat beriladi.

Oliy va professional ta`lim muassasalarining bir qator yo`nalishlarida pullik konsalting xizmatlari yo`lga qo`yiladi.

Muhokamalarda faol ishtirok etib, takliflaringizni regulation.gov.uz va Edu.uz saytlari orqali qoldiring.

 

 

    Boshqa yangiliklar