"Talabalar uchun davlat granti soni ikki baravarga oshiriladi" — Prezident

Siyosat 30.06.2022, 21:54
"Talabalar uchun davlat granti soni ikki baravarga oshiriladi" — Prezident

Sal avval Prezident Shavkat Mirziyoev "Yoshlar kuni"ga bag`ishlangan bayram tadbirida nutq so`zlayotgani haqida xabar bergandik.

O`zbekiston rahbari nutqi davomida O`zbekistonda yoshlar uchun amaldagi imtiyozlar 11 tadan 25 taga ko`paytirilishini ma`lum qilgandi. Shavkat Mirziyoev so`zida davom etib, ta`lim sohasiga ham to`xtaldi, deya ayni paytda bo`layotgan tadbirdan to`g`ridan-to`g`ri xabar bermoqda Darakchi.uz' muxbiri Sardorbek Rahmonqulov.

Qayd etilishicha, yana bir muhim yangilik – musiqa san`atiga qiziqishi baland bo`lgan yoshlarni yanada qo`llab-quvvatlash maqsadida, 2022-2023 o`quv yilidan boshlab:

  • maqom xonandaligi, maqom cholg`u ijrochiligi va baxshichilik yo`nalishlariga yangi qabul qilingan talabalarning shartnoma to`lovlari to`liq davlat tomonidan to`lab beriladi;  
  • fortepiano ijrochilari tayyorlash bo`yicha qabulni 3 barobarga ko`paytirib, bu yo`nalishda ham kontrakt to`lovlari to`la qoplab beriladi.

Bundan tashqari, endi texnikumlarga qabul yilda 2 marta tashkil etilib, talabalar uchun davlat granti soni 2 barobarga oshiriladi.

Shuningdek, texnikumlar uchun ta`lim krediti joriy qilinadi va 80 mingdan ziyod yoshlarga kredit berish uchun moliyaviy resurs ajratiladi.  

"Hisob-kitoblarga ko`ra, bugungi  kunda 1 nafar IT mutaxassisini tayyorlash uchun kamida 1 yil vaqt va 20 million so`mgacha mablag` talab etiladi. Vaholanki, yaxshi mutaxassis 2-3 oyda bitta dastur yaratib, ushbu xarajatni bemalol qoplashi mumkin. Bundan buyon xususiy ta`lim muassasalarida IT texnologiyalari bo`yicha o`qish (dasturlash, veb-dizayner, animasiya) istagini bildirgan yoshlarga ham, 20 million so`mgacha miqdorda 4 yillik imtiyozli kredit taqdim etiladi",-deydi O`zbekiston prezidenti.

Dilbar Abdunabieva

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1