AsosiyJamiyat

Mirziyoev Qozog`iston Prezidenti bilan telefon orqali gaplashdi

'Mirziyoev Qozog`iston Prezidenti bilan telefon orqali gaplashdi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 4 iyul kuni Qozog`iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqaev bilan telefon orqali muloqot qildi.

O`zbekiston bilan Qozog`iston o`rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari ko`rib chiqildi.

Suhbat avvalida Qozog`iston Prezidenti davlatimiz rahbari tomonidan Qoraqalpog`istonda qonunga zid xatti-harakatlarga chek qo`yish, barqarorlik va izchil taraqqiyotni ta`minlash bo`yicha ko`rilgan qat`iy chora-tadbirlarni har tomonlama qo`llab-quvvatladi.

 

Oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish, shu jumladan sanoat, qishloq xo`jaligi, transport, logistika, mahsulotlarni o`zaro etkazib berish sohalarida kooperasiya loyihalarini ilgari surishga alohida e`tibor qaratildi.

Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuviga tayyorgarlik ko`rish nuqtai nazaridan ko`p tomonlama va mintaqaviy hamkorlik yuzasidan ham fikr almashildi.

    Boshqa yangiliklar