AsosiyJamiyat

O`zbekiston va Qirg`iziston Prezidentlari bo`lajak sammitga tayyorgarlikning borishini muxokama qilishdi

'O`zbekiston va Qirg`iziston Prezidentlari bo`lajak sammitga tayyorgarlikning borishini muxokama qilishdi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 4 iyul kuni Qirg`iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov bilan telefon orqali muloqot qildi.

O`zbekiston-Qirg`iziston do`stlik, yaxshi qo`shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarining keng ko`lamli kun tartibidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Prezident Sadir Japarov Qoraqalpog`istondagi vaziyatni beqarorlashtirishga urinishlarga chek qo`yish maqsadida O`zbekiston rahbari tomonidan ko`rilgan qat`iy choralarni to`liq qo`llab-quvvatladi. Boshqa davlatning ichki ishlariga aralashishga yo`l qo`yib bo`lmasligi alohida ta`kidlandi.

O`zbekiston va Qirg`iziston etakchilari bo`lajak oliy darajadagi ikki va ko`p tomonlama uchrashuvlar rejasini, shu jumladan Cho`lponota shahrida o`tkaziladigan Markaziy Osiyo mamlakatlari sammitiga tayyorgarlik masalalarini ko`rib chiqdilar.

Yaqin orada muhim yo`nalishlardagi kelishuvlarni ilgari surishga qaratilgan qator qo`shma tadbirlarni o`tkazishga kelishib olindi.

Tomonlar mintaqaviy transport yo`laklari va energetika infratuzilmasini rivojlantirish borasidagi yirik infratuzilmaviy loyihalarni ishlab chiqishni jadallashtirishdan manfaatdor ekanini ta`kidladilar.

    Boshqa yangiliklar