Aktrisa Sitora Farmonova, xonandalar Sarvar Azimov va Komil Fozilov tomonidan Lisenziya bitimida nazarda tutilgan talab va shartlar muntazam ravishda buzilganligi sababli, ushbu xonandalar nomiga berilgan lisenziyalarning tugatilganligi haqida xabar bergandik.
Mazkur holat yuzasidan "O`zbeknavo" estrada birlashmasi lisenziya bo`limi boshlig`i Odil Abduqaxxorov Sayyod.com nashriga ma`lumot berdi:
– “Benom” guruhi yigitlari tarafidan xorijga chiqish bo`yicha amaldagi qonun qoidalarni bir necha bora buzish xolatlari kuzatilganligi uchun lisenziyalari tugatilgan. Ularning O`zbekistondan chetda konsert berishgani haqiqat va bu haqida fotofaktlar mavjud.
San`atkorlarimiz bir narsani to`g`ri tushunishlarini istardik, maqsad ularni xorijga chiqishdan chetlashtirish emas, bundan hech kimga naf yo`q. Avvalo belgilangan tartibdagi talablarni buzish kerakmas va o`zbek estradasini rivojlantirish yo`lida daraja muxim! Tushunyapsizmi, o`zbek xonandalarini qanchasi tekinga xorijga borib 100 kishilik bir ahvoldagi saroylarda odam to`ldirmay konsert berib xor bo`lganini guvohi bo`lyapmiz, albatta bu narsalarni bartaraf etish va hamma narsani yuqori saviyada o`tkazilishi ustida ishlashimiz kerak. Shu nuqtai nazardan o`zbek san`atini xorijga chiqqanida munosib darajada taqdim etish talabi qo`yilgan. Albatta xonanda bilan tashkilotchini o`zaro shartnomasi, ularni yotoqlari bilan kerak bo`lsa ta`minlanganmi yo`qmi nazorat qilish kerakku. Xonandalarimizni xorijdagi shart sharoiti xaqida xam qayg`uriladi. Bu xammasi axir o`zbek estradasini darajasi ustidagi olib borilayotgan ishlarku.
Sitora Farmonovaning lisenziyasi ham xorijga chiqish talablarini buzgani uchun tugatildi.