AsosiySUG'DIYONA
7483

Faqatgina ayollarga xos bo`lgan 5 superqobiliyat

Ayol tanasining o`ziga xos bo`lgan sirlari mavjud. Bugungi kunda dunyo olimlari ayollar intuisiyasining ishlash jarayonini, nima uchun ertalab ayollarda bosh og`rig`i kuzatilishini, nima uchun ularning ko`ziga dunyo erkaklarnikiga nisbatan yorqinroq ko`rinishini o`rganishga kirishdilar. Bu haqda “Interesno.cc” nashri ma`lumot berdi.

Don Juan erkaklarni bir qarashda sezadi
Ayollar o`rtasida o`tkazilgan so`rovnoma natijalariga ko`ra, ular engiltabiat erkakni bir nigoh tashlash orqali sezishadi. Avstraliya milliy universiteti olimlari o`tkazgan tadqiqotlarda 34 nafar ayol ishtirok etgan. Ularning oldiga erkaklarning 20 ta fotosurati qo`yilib, xiyonatkor erkakni aniqlash talabi qo`yilgan. Ayollarning 62 foizi xiyonatkorlarni to`g`ri topgan. 

Ranglarni boshqacha ko`radi
Aksariyat ayollar eri bilan bozorda o`ziga ko`ylak tanlayotganda, turmush o`rtog`i tanlagan ko`ylakdan jig`ibiyron bo`lishadi. Bu erkaklarga qanday ko`ylak sotib olishingizning ahamiyati yo`q degani emas, ular ayollardan farqli ravishda rangni boshqacha ko`rishadi. Nyu-York universiteti olimlarining o`tkazgan tadqiqotlari bo`yicha erkak va ayol birday sotib olgan apelsin rangi so`ralganda, erkak uning rangini qizg`ish degan bo`lsa, ayol esa sarg`ish deb javob bergan. Tadqiqotchilarning fikricha, bu narsa ko`z qurilishiga bog`liq emas, balki miyaga bog`liq ekan.

Qutqaruvchi og`riqlar
Olimlar ayollarning homiladorlik paytida ro`y beradigan toksikozni ilmiy tomondan izohlashdi. Homilador ayollarda ertalab ko`ngil aynishi va bosh og`rig`i ona qornidagi homilani go`shtda, baliqda va tovuq go`shtida bo`ladigan turli zararli toksinlardan himoya qilish mexanizmi ekan. Bu ayniqsa, homila hali yaxshi rivojlanmagan, ilk oylarda kuchli bo`ladi. Toksikoz kuchli bo`lgan homilador ayollarda boshqalarga qaraganda homila tushish xavfi kam bo`ladi.

Kuchli immunitet
Ayollarda immunitet yaxshi rivojlangani uchun ularni zaifa deb atab bo`lmaydi. Kuchli immunitet keksayish jarayonini ham sekinlashtiradi,shuning uchun ham ayollar erkaklardan ko`ra ko`proq umr ko`radi.

Xavfni his qilish
Ayollar xavfni erkaklardan ilgari sezadi, buning bosh sababi ular nafaqat o`zi, balki tug`ilajak farzandi uchun ham javob beradi. Yaponiyalik olimlar bir guruh turli yoshdagi erkak va ayolga ilon zo`rg`a ko`zga tashlanadigan, har xil fotosuratlarni tarqatishdi. Suratdagi ilonni aksariyat ayollar payqagan, erkaklar esa bunga e`tibor bermagan.

Boshqa yangiliklar