Alp tog`larida muzliklarning erib, o`pirilishi oqibatida halok bo`lganlar soni olti kishiga etdi, 9 kishi jarohatlangan, deya xabar bermoqda Zamon.uz'.
Ta`kidlanishicha, 15 nafar bedarak yo`qolganlarni qidirish davom etmoqda. 3 500 metr balandlikda qutqaruv ishlari olib borilmoqda.
Ma`lumot uchun, fojia Trento provinsiyasida, Apennin yarim orolining eng yirik muzligi Marmoladada sodir bo`lgan.Ikki guruh alpinistlar toqqa chiqishayotganida, katta muz, qor va tosh parchalari 300 km/soat tezlikda tepadan pastga qulagan.
Bosh vazir Mario Dragi qurbonlarning yaqinlariga hamdardlik bildirgan.
Qayd etilishicha, muz massasining emirilishi muzlik tepasida +10 daraja - rekord iliq harorat qayd etilganidan bir kun o`tib sodir bo`lgan. Qutqaruvchilar yangi xavf borligidan ham ogohlantirgan.
Dilbar Abdunabieva.