AsosiySport

"Elorda cup" O`zbek jamoasi boks bo`yicha xalqaro musobaqadan 16 medal bilan qaytadigan bo`ldi  

'"Elorda cup"  O`zbek jamoasi boks bo`yicha xalqaro musobaqadan 16 medal bilan qaytadigan bo`ldi   'ning rasmi

Qozog`istonning Nur-Sulton shahrida boks bo`yicha xalqaro musobaqa o`z nihoyasiga etdi. Kuchli boks maktabiga ega bo`lgan 10 dan ortiq mamlakat vakillari ishtirok etgan turnirda o`zbeklar jamoasi 16 ta medal jamg`arishdi.

Bu haqda O`zbekiston Milliy Olimpiya Qo`mitasi xabar bermoqda.

Ma`lum qilinishicha, murosasiz janglar yakunida Lazizbek Mullojonov hamda Nigina O`ktamova oltin medallarga sazovor bo`lishgan. Musobaqa yakuniga ko`ra, O`zbekiston erkaklar va ayollar terma jamoalari 2 ta oltin, 5 ta kumush va 9 ta bronza medallarini qo`lga kiritdishgan. 

Eslatib o`tamiz, terma jamoa safida quyidagi bokschilar sovrindor bo`lishdi:

Oltin:

-54 kg: Nigina O`ktamova;

+92 kg: Lazizbek Mullojonov.

Kumush:

-50 kg: Sabina Boboqulova;

-52 kg: Feruza Kazakova;

-57 kg: Sitora Turdibekova;

-48 kg: Asilbek Jalilov;

-75 kg: Saidjamshid Jafarov.

Bronza:

-48 kg: Farzona Fozilova;

-48 kg: Marjona Savrieva;

-66 kg: Navbahor Hamidova;

-75 kg: Sohiba Ro`zmetova;

-51 kg: Shahzod Muzaffarov;

-57 kg: Dilshod Abdumurodov;

-60 kg: Adhamjon Muhiddinov;

-63,5 kg: Mujibillo Tursunov;

+92 kg: Jahongir Zokirov.

Ma`lumot uchun, sal avval yosh taekvondochi Charos Qayumova dunyo reytingida 1-o`ringa ko`tarilgani haqida xabar bergan edik.

    Boshqa yangiliklar