AsosiySport

O`zbekistonlik sportchilar Butunjahon sport o`yinlarida qatnashish uchun AQShga yo`l oldi

'O`zbekistonlik sportchilar Butunjahon sport o`yinlarida qatnashish uchun AQShga yo`l oldi'ning rasmi

Joriy yilning 7-17 iyul kunlari Amerika Qo`shma Shtatlarining Birmengem shahrida navbatdagi Butunjahon sport o`yinlari musobaqasi bo`lib o`tadi. Bu haqda Sportni rivojlantirish vazirligi ma`lum qildi.

Ma`lumot uchun: Mazkur musobaqada dunyoning 110 mamlakatidan 3 ming 600 nafarga yaqin sportchi ishtirok etadi. Butunjahon sport o`yinlari musobaqasi har 4 yilda o`tkazilib, dasturning aksariyat qismi noolimpiya sport turlaridan tashkil topgan kompleks musobaqalar hisoblanadi. Ta`kidlash lozim 2021 yilda o`tkazilishi lozim bo`lgan ushbu musobaqa epidemiologik vaziyat sababli bir yilga kechiktirilgan edi.

Ushbu nufuzli musobaqada jahonning kuchli sportchilari qatorida o`zbekistonlik sportchilar ham ishtirok etish imkoniyatiga ega bo`lishgan.

Bu galgi Butunjahon sport o`yinlarida karate bo`yicha jahon chempioni Doston Otabolaev, badiiy gimnastika bo`yicha nufuzli musobaqalar g`olibasi Ekaterina Fetisova, u-shu sport turida Darya Latisheva, jiu-jitsu bo`yicha jahon chempioni Bahromjon Masharipov, muay-tayda chempionlikka erishgan Fanat Qahramonov yurtimiz sharafini himoya qiladilar.

Musobaqalar dasturiga binoan o`zbekistonlik sportchilar 8-9 iyul kunlari karate, 12-13 iyul kunlari gimnastika, 13 iyul kuni u-shu, 15 iyulda jiu-jitsu va 15-17 kunlari muay-tay bo`yicha bahslarda ishtirok etadilar.

Musobaqalar 17 iyulga qadar davom etadi.

    Boshqa yangiliklar