1 sentyabrga qadar uy-joylar loyihasi, narxi, kredit va subsidiya shartlari bo`yicha xizmat ko`rsatadigan Ipoteka markazlari tashkil qilinadi

Siyosat 06.07.2022, 22:15
1 sentyabrga qadar uy-joylar loyihasi, narxi, kredit va subsidiya shartlari bo`yicha xizmat ko`rsatadigan Ipoteka markazlari tashkil qilinadi

Bu haqda Shavkat Mirziyoev boshchiligida o`tgan yig`ilishda ma`lum qilindi.

Qayd etilishicha, tadbirda yaratilgan imkoniyat va shart-sharoitlarga qaramasdan ipoteka krediti orqali aholini uy-joylar bilan ta`minlash ishlari talab darajasida emasligi ko`rsatib o`tilgan.

Xususan, joriy yilda 43 mingta uy-joy uchun byudjetda banklarga 13 trillion so`m resurs ko`zda tutilgan bo`lib, o`tgan olti oyda 3,6 trillion so`m (28 foiz) o`zlashtirilgan. Shuningdek, 29 ming nafar aholiga subsidiya uchun 1,2 trillion so`m ajratilgan bo`lsada, 8,5 ming nafariga 365 milliard so`m (30 foiz) to`lab berilgan. 

Ajratilgan resurs va subsidiyani o`zlashtirish darajasi Sirdaryo, Jizzax, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlarida 25 foizdan pastligi qayd etilgan.

Shu bois, bugun berilgan topshiriqqa ko`ra, 1 sentyabrga qadar tuman va shaharlarning qulay joylarida bank, moliya, quruvchi tashkilotlar, notarius, kadastr idoralari bir joyda o`tirib, aholiga yangi uy-joylar loyihasi, narxi, kredit va subsidiya shartlari bo`yicha batafsil xizmat ko`rsatadigan Ipoteka markazlarini tashkil qilinadi.

Shu jumladan, mas`ullar bir oy muddatda subsidiya ajratishdagi byurokratiyani kamaytirish, qurilish uchun erlarni savdoga chiqarishni 2 baravarga ko`paytirish bo`yicha qaror loyihasini kiritish topshirilgan. Yig`ilish yakunida mutasaddilar va hokimlarning axboroti tinglangan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1