1

Abdulaziz Komilov BMT Bosh kotibi bilan uchrashdi

Siyosat 07.07.2022, 13:48
Abdulaziz Komilov BMT Bosh kotibi bilan uchrashdi

Amaliy tashrif bilan AQShda bo`lib turgan O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Maxsus vakili Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegasiya 2022-yilning 6-iyul kuni BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashuv o`tkazdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar qilmoqda. 

Muloqotda O`zbekiston va BMT o`rtasidagi hamkorlikning holati va istiqbollari, mintaqaviy xavfsizlik hamfa barqaror rivojlanish masalalari muhokama qilindi.

Bosh kotib O`zbekistonning 2022 yil 26 iyul kuni Toshkent shahrida “Afg`oniston: xavfsizlik va iqtisodiy taraqqiyot” mavzusidagi xalqaro konferensiyani o`tkazish tashabbusini qo`llab-quvvatladi. Mazkur forumda BMTdan yuqori darajadagi vakillar ishtirok etadi.

A.Guterrish O`zbekistonda amalga oshirilayotgan konstitusiyaviy islohotlarning mazmun-mohiyati va ustuvor yo`nalishlari haqidagi ma`lumotlarni katta qiziqish bilan tingladi.

Tomonlar o`zaro hamkorlik kun tartibidagi boshqa dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdilar.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1