O`zbekiston etakchisi Shavkat Mirziyoev bugun kuni kimyo sanoatida erishilgan asosiy ko`rsatkichlar va rejalashtirilgan loyihalar taqdimoti bilan tanishdi.
Prezident unda “O`zkimyosanoat” AJga qarashli korxonalar xususiylashtirish bo`yicha topshiriq berdi. Davlat rahbari matbuot xizmatiga ko`ra, 5 ta kimyo klasterida kamida 1 milliard dollarlik loyihalar portfelini shakllantirish vazifasi qo`yildi.
Ma`lumotlarga ko`ra, ilgari surunkali zarar bilan ishlagan bu tarmoq 2021 yilni 1,6 trillion so`m sof foyda bilan yakunlagan. Joriy yilning olti oyida jamiyat korxonalari tomonidan qariyb 7 trillion so`mlik mahsulot tayyorlanib, ishlab chiqarish 11 foiz o`sgan. 218 million dollarlik tovarlar eksport qilingan.
Tadbirda tarmoq korxonalari samaradorligini oshirish va ularni transformasiya qilish bo`yicha tizimli ishlash kerakligini ta`kidlangan va energiyani tejash va mahalliylashtirish orqali tannarxni 6 foizgacha kamaytirish mumkinligi ko`rsatib o`tilgan.
Taqdimot davomida galdagi istiqbolli loyihalar haqida ham ma`lumot berilgan. Prezident yangi loyihalarni faqat xususiy investisiyalar ishtirokida amalga oshirish zarurligini ta`kidlagan va yuqorida aytilgan topshiriqni bergan.
Dilbar Abdunabieva.






