1

Karate bo`yicha Butunjahon o`yinlarida O`zbekiston bayrog`i ko`tarildi

Sport 10.07.2022, 09:53
Karate bo`yicha Butunjahon o`yinlarida O`zbekiston bayrog`i ko`tarildi

AQShning Alabama shtati, Birmingem shahrida o`tkazilayotgan Butunjahon o`yinlaridan xushxabar. Karatechi Dostonbek Otabolaev O`zbekiston delegasiyasining ushbu musobaqadagi ilk medaliga mualliflik qildi. 

O`zbekiston Milliy Olimpiya qo`mitasi bu haqda xabar bermoqda.

Ma`lum qilinishicha, -75 kg vazn toifasida bahs olib borgan Otabolaev guruh bosqichidan muvaffaqiyatli o`tib, yarim finalda ukrainalik Stanislav Xorunaga imkoniyatni boy bergan. Shundan so`ng bronza medali uchun kechgan jangda AQShlik Tomas Skottni mag`lubiyatga uchratib, uchinchi o`rin sohibiga aylandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1