1

O`zbekistonlik karatechi AQShda bo`lib o`tayotgan Butunjahon o`yinlarida bronza medalini qo`lga kiritdi

Sport 10.07.2022, 17:06
O`zbekistonlik karatechi AQShda bo`lib o`tayotgan Butunjahon o`yinlarida bronza medalini qo`lga kiritdi

Oltiariqlik jahon chempioni, karatechi Dostonbek Otabolaev AQShning Alabama shtati Birmingem shahrida bo`lib o`tayotgan XI Butunjahon o`yinlarida bronza medalni qo`lga kiritdi.

Hamyurtimiz ushbu musobaqaning karate bo`yicha bahslarida 75 kilogram vaznda gilamga chiqdi. Dastlab Dostonbek guruh bahslarida Tomas Skott (AQSh), Gabor Xarshpataki (Vengriya) hamda Xsyu Vey-Chunga (Xitoy Taybeyi) qarshi bellashuvlarda muvaffaqiyatli ishtirok etib, ikkinchi o`rin bilan yarim finalga yuksaldi.  

Final yo`llanmasi uchun bahsda ukrainalik Stanislav Xorunaga imkoniyatni boy berib qo`ygan sportchimiz, bronza medali uchun kurashda AQShlik Tomas Skottni mag`lub etdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1