O`zbekiston harbiylari xalqaro harbiy sport o`yinlarida faxrli 2-o`rinni egallashdi

Sport 10.07.2022, 17:35
O`zbekiston harbiylari xalqaro harbiy sport o`yinlarida faxrli 2-o`rinni egallashdi

Joriy yilning 4 – 10 iyul kunlari Qozog`iston Respublikasining Almati shahrida MDH Mudofaa vazirliklari kengashining 30 yilligiga bag`ishlangan MDH ishtirokchi davlatlar do`stona armiyalari o`rtasida o`tkazilgan III  xalqaro harbiy sport o`yinlarida mamlakatimiz Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilaridan iborat terma jamoamiz muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar departamenti xabar berdi.

Harbiylashtirilgan kross, armiya qo`l jangi, tosh ko`tarish, shtat qurollaridan o`q otish, ofiserlar uchkurashi sport turlari o`rin olgan mazkur xalqaro armiya sport o`yinlarida Qozog`iston, Qirg`iziston, Tojikiston, O`zbekiston, Armaniston, Belarus respublikalari va Rossiya Federasiyasi terma jamoalari o`zaro kurash olib bordilar.

Qiziqarli va murosasiz kechgan III  xalqaro harbiy sport o`yinlari yakuniga ko`ra, O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy sportchilari matonat, jasorat va vatanparvarlikni namoyon etib umumjamoa hisobida faxrli 2-o`rinni qo`lga kiritishdi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1