Bahrayn poytaxti Manama shahrida sport kurashlari bo`yicha yoshlar o`rtasidagi Osiyo chempionati yakunlandi. Unda ishtirok etgan terma jamoamiz musobaqada 13ta medal qo`lga kiritishdi. Bu haqda Sportni rivojlantirish vazirligi xabar berdi.
Musobaqada sovrindor bo`lgan sportchilarimiz bilan tanishing:
Yunon-rum kurashi: Oltin medal:
- 77 kg Samandar Bobonazarov;
Kumush medal:
- 87 kg Azamatjon Abdubannobov,
- 130 kg Temurbek Nasimov;
Bronza medal:
- 55 kg Alisher G`aniev,
- 97 kg Islomjon Rahmatov;
Ayollar kurashi: Oltin medal:
- 57 kg Layloxon Sobirova;
Kumush medal:
- 53 kg Dilshoda Matnazarova;
Bronza medal:
- 62 kg Rushana Abdirasulova;
- 68 kg Firuza Esenbaeva.
Erkin kurash, bronza medal:
- 61 kg Arslon Rahimov,
- 92 kg Ravshanbek Jumaboev,
- 65 kg Umidjon Jalolov,
- 70 kg Zafarbek Otaxonov.
Shu tariqa, sport kurashlari bo`yicha Bahrayn poytaxti Manama shahrida o`tkazilgan Osiyo chempionatida yoshlar terma jamoamiz musobaqani 2ta oltin, 3ta kumush va 8ta bronza medallari bilan yakunladi.






