Portugaliya terma jamoasi sardori hamda Madridning “Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu sharafiga o`zi tug`ilib o`sgan Madeyra orolining xalqaro aeroportiga uning nomi beriladi. Bu haqda Ispaniyaning AS nashri ma`lum qilmoqda.
Aeroport “Krishtianu Ronaldu Madeyra aeroporti” nomini oladi. 31 yoshli futbolchi orolning eng asosiy shahri – Funshalda tug`ilgan.
Ma`lumot uchun, Madeyra orolida Krishtianu Ronalduga atalgan haykal o`rnatilgan. Shuningdek, futbolchining shaxsiy muzeyi ham aynan shu erda joylashgan.