Turkmaniston prezidenti 14—15 iyul kunlari davlat tashrifi bilan O`zbekistonga keladi

Siyosat 13.07.2022, 15:19
Turkmaniston prezidenti 14—15 iyul kunlari davlat tashrifi bilan O`zbekistonga keladi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning taklifiga binoan Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov 14-15 iyul kunlari davlat tashrifi bilan mamlakatimizda bo`ladi.

Oliy darajadagi muzokaralar kun tartibidan O`zbekiston bilan Turkmaniston o`rtasidagi do`stlik, yaxshi qo`shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash, ko`p qirrali hamkorlikni kengaytirish masalalari o`rin olgan.

Asosiy yo`nalishlardagi amaliy aloqalarning, shu jumladan o`zaro savdo hajmini oshirish, sanoat kooperasiyasini yo`lga qo`yish, transport-tranzit salohiyatini samarali ishga solish, suv xo`jaligi sohasida muhim loyihalarni amalga oshirish, hududlararo muloqotni faollashtirish hamda madaniy-gumanitar almashinuv dasturlarini davom ettirish istiqbollari diqqat markazida bo`ladi.

Davlat rahbarlari xalqaro ahamiyatga molik masalalar va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb jihatlari yuzasidan fikr almashishi kutilmoqda.

Sammit yakunida Qo`shma bayonot va qator ikki tomonlama hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.

Oliy martabali mehmon O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisida uchrashuv o`tkazishi va Samarqand shahrining diqqatga sazovor joylari bilan tanishishi ko`zda tutilgan.

Ushbu tashrifga tayyorgarlik doirasida 1-2 iyul kunlari Toshhovuz shahrida Suv xo`jaligi masalalari bo`yicha qo`shma hukumatlararo komissiyaning tadbirlari muvaffaqiyatli o`tdi.

12 iyul kuni poytaxtimizda ikki tomonlama munosabatlarni kengaytirish va strategik sheriklik salohiyatini ro`yobga chiqarish masalalariga bag`ishlangan O`zbekiston-Turkmaniston ilmiy-amaliy konferensiyasi bo`lib o`tdi.

Tashrif arafasida Buxoro shahrida birinchi Hududlar forumi, Ishbilarmonlar kengashi yig`ilishi hamda O`zbekiston va Turkmanistonning etakchi korxonalari ko`rgazmasi o`tkazilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1