Samarqandda o`zini ko`prikdan tashlamoqchi bo`lgan ayol to`xtatib qolindi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB matbuot xizmati xabar qildi.
Ma`lum qilinishicha, bugun soat 8:20 larda Ishtixon tumanida yashovchi, 1991 yilda tug`ilgan S.U. Samarqand shahridagi Siyob bozori yonidagi ko`prikdan o`zini pastga tashlamoqchi bo`lganida, shu erdan o`tib ketayotgan fuqarolar tomonidan to`xtatib qolingan.
Dastlabki tekshiruvlar uning ushbu holatni sodir etishiga oilasidagi nosog`lom muhit sabab bo`lganligini ko`rsatmoqda.
Hozirda holat yuzasidan Samarqand shahri bo`yicha IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.






