Hindistonda bo`lib o`tgan prezidentlik saylovlarida hukmron Bharatiya Janata partiyasi a`zosi, Milliy demokratik alyans nomzodi Draupadi Murmu g`alaba qozondi, deb xabar bermoqda The Indian Express nashriga tayanib "centralasia"
Murmu parlament a`zolari, shtatlar va hududlarning mahalliy assambleyalari a`zolari orasidan saylovchilarning 64 foizini, uning muxolifatdagi raqibi Yashvant Sinxa esa 36 foiz ovozni qo`lga kiritdi. Murmu mamlakatning barcha shtatlarida ovoz oldi, Sinxa uchta shtatda yutqazdi. Sinxa Murmuni g`alabasi bilan tabrikladi.
Shuningdek, amaldagi bosh vazir Nerendra Modi yangi prezidentni tabrikladi.
“Draupadi Murmuning hayoti, uning dastlabki kurashlari, boy xizmati va ibratli muvaffaqiyati har bir hindistonlikni rag`batlantiradi. U fuqarolarimiz, ayniqsa, kambag`allar, marginal va mazlumlar uchun umid chirog`i bo`ldi”, — deb yozgan u.
64 yoshli Murmu Hindiston prezidenti etib saylangan ikkinchi ayoldir. Birinchisi Pratibha Patil (2007–2012) edi.
Ma`lumot uchun: Hindiston parlament respublikasi, shuning uchun mamlakatda prezident asosan vakillik funksiyalarini bajaradi. Uning vakolat muddati besh yil va ketma-ket ikki muddatdan oshmaydi.