1

Namangandagi “Afsonalar vodiysi”da qo`l jangi ustalari bellashadi

Sport 22.07.2022, 17:08
Namangandagi “Afsonalar vodiysi”da qo`l jangi ustalari bellashadi

Joriy yilning 23-24 iyul kunlari Namangan shahrining “Afsonalar vodiysi” amfiteatrida qo`l jangi bo`yicha “O`zbekiston Respublikasi Prezidenti kubogi” uchun professional sportchilar o`rtasida xalqaro turnir tashkil etilmoqda. 

23 iyul kuni Namanganda sportchilarni tarozidan o`tkazish, mandat komissiyasining yig`ilishi, hakamlar uchun seminar tashkil etiladi.  

Musobaqani o`tkazish tashkiliy qo`mitasi ma`lumotiga ko`ra, xalqaro turnir bellashuvlari 24 iyul kuni bo`lib o`tadi. Unda ayollar o`rtasida 48 kilogrammlilar bahsida hamyurtimiz Shirin Zohidova rossiyalik Viktoriya Mustaeva bilan, 50 kilogramm vaznli sportchilar o`rtasidagi jangda hamyurtimiz Ma`suma Mo`minova qozog`istonlik  Tomaris Jusupova bilan kurash olib boradi. 

Xalqaro turnirning o`g`il bolalar o`rtasidagi musobaqalarda o`zbekistonlik qo`l jangi vakillaridan Husniddin Sattorov — Sergey Serpitovskiy (Belarus), Javohir Sobitov — Graf Filipp Vilxelm (Germaniya), Olim Normurodov —  Ruslan Piraliev (Ozarbayjon)ga qarshi bellashadi. 

Xalqaro turnirning markaziy jangi hamyurtimiz Jahongir Jo`maev hamda Rossiya Federasiyasi vakili Abubakir Radjabov o`rtasida bo`lib o`tadi.  

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1