1

Baxt vazirligi mavjud bo`lgan yagona mamlakat

SUG'DIYONA 28.07.2016, 15:14
Teglar: Oila, Baxt
Baxt vazirligi mavjud bo`lgan yagona mamlakat

Butan —Ona sayyoramizdagi rasmiy dini, “ma`naviy merosi” tantrik budda bo`lgan yagona mamlakatdir, deb xabar beradi “Interesno.cc” nashri. 

Shuning uchun Butan hukumatining asosiy maqsadi har bir bir fuqarosining baxtli bo`lishiga qaratilgan. Bu narsa mamlakat Konstitusiyasining 9-bandida ko`rsatilgan. 2008 yilning 24 avgust kuni hukumatning “Umumxalq baxt komissiyasi” (Gross National Happiness Commission) tashkil etilgan bo`lib, unga vazirning o`zi rahbarlik qiladi. 

Aholini hisoblash uchun ro`yxatga olayotganda, har bir fuqaroga “Baxtlimisiz?” degan savol beriladi. So`nggi bora 2005 yilda aholini ro`yxatga olish vaqtida bu savolga aholining 45.2 % “juda baxtliman”, 51.6 % “baxtliman”, 3.3% gina “unchalik baxtli emasman” deb javob bergan.

Shunisi qiziqqi, hamma qabul qilgan tartibga binoan “yalpi ichki mahsulot”, degan tushuncha Butanda “yalpi milliy baxt” , degan tushunchaga o`zgartirilgan. Bu er yuzida Baxt Vazirligi bo`lgan yagona mamlakatdir. Baxt bu mamlakatda milliy siyosat darajasiga ko`tarilgan. 

Butanda ochlik, jinoyatchilik, ishsizlik degan tushunchalar yo`q, haqiqatan ham uning aholisi urush, och qolish, kambag`allik nimaligini bilmay, baxtli hayot kechiradi. Butanliklar o`zlarining ochiq ko`ngilligi, mehmondo`stligi, zamonaviy texnologiyalar ta`sir qilmagani bilan boshqa mamlakat fuqarolaridan tubdan farq qilishadi. Ular o`zlarining madaniy meroslarini ko`z qorachig`idek asrashadi.

Mamlakatda hayvonlarni o`ldirish taqiqlangan, shuning uchun hech kim go`sht iste`mol qilmaydi, aholining hammasi vegetarianlardir. O`simlik etishtirayotganda unga kimyoviy ishlov berish, turli o`g`itlar solish taqiqlangani bois, unib chiqqan barcha o`simliklar ekologik jihatdan tozadir.

Butanda daraxtlar kesilmaydi, balki ko`proq ko`chat o`tqaziladi. Butan budda mamlakati bo`lishidan tashqari, ozodalik va osoyishtalik mamlakatidir. 

Mamlakat hozirgacha yaxshi o`rganilmagani bois, uning markaziy va janubiy hududlari o`zlashtirilmagan. Bu erlarda ajoyi hayvonlar mavjud bo`lgan qo`riqxonalar, o`simliklar dunyosi mavjud. Tabiatni bunday sof holda saqlashga, ov qilish va o`rmon daraxtlarini kesishni taqiqlash sabab bo`lgan. Qirollik o`zini to`liq kiyim-kechak va oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta`minlay oladi. Yuz foiz aholi “kxo” deb ataluvchi milliy kiyimda yuradi.

Bundan ellik yil ilgari Butan feodal, o`rta asrlarga xos joy bo`lib, yo`llari yomon, maktab, kasalxonalar bo`lmagan, tashqi dunyo bilan uzilib qolgan mamlakat bo`lgan bo`lsa, hozirda mamlakatda ta`lim olish, sog`likni saqlash tizimi tekin. Aholining o`rtacha umr kechirishi 44 yoshdan 66 yoshga ko`tarilgan.

Sharhlar

O`zbekistonning qaysi hududida oilalar soni ko`p?

26.09.2021, 17:45

O`zbekistonning qaysi hududida oilalar soni ko`p? Davlat statistika qo`mitasi ma`lumot berdi. Unga ko`ra, 2021 yilning 1 yanvar holatiga O`zbekiston Respublikasida jami 8 871 412 ta oila...
O`zbekistonda 2030 yilga qadar oila instituti yanada mustahkamlanadi

27.05.2021, 16:56

AOKAda “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti rahbarlari ishtirokida matbuot anjumani bo`lib o`tdi.Anjumanda  “O`zbekiston Respublikasida oila institutini 2030 yilgacha yanada mustahkamlash konsepsiyasi” mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida...
O`zbekistonda qancha oila faqat sha`riy nikoh asosida yashagani aniqlandi

14.11.2019, 18:36

 O`zbekistonda FHDYo organlari hokimliklar tasarrufiga o`tkazilgach, faqatgina sha`riy nikoh bilan yashab kelgan 20 ming 350tadan ortiq oila aniqlanib, ularning nikohi qonuniylashtirildi.Bu haqda 13 noyabr kuni oila...
«IChKILIK BO`LMASA EDI...»

23.12.2017, 17:11

Sayyora, 30 yosh, Jizzax viloyati: — Turmushga chiqqanimga o`n yil bo`libdi. Ikki farzandim bor. Qaynona-qaynotam bilan birga yashaymiz. Shu yillar ichida tinch, osoyishta, xotirjam yashaganimni...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1