O`zbekiston og`ir atletikachilari yirik vazn toifasida 8 medalni qo`lga kiritishdi

Sport 24.07.2022, 22:30
O`zbekiston og`ir atletikachilari yirik vazn toifasida 8 medalni qo`lga kiritishdi

Ayni kunlarda O`zbekistonda og`ir atletika bo`yicha o`smirlar va yoshlar o`rtasidagi Osiyo chempionati bo`lib o`tmoqda.

Bugun -102kg vazn toifasida yoshlar va o`smirlar o`rtasidagi bahslar nihoyasiga etdi.

Ushbu vazn toifasida mamlakat sharafini Qudratbek Salimjonov har ikkala yosh toifasida va Sharofiddin Amriddinov yoshlar o`rtasida himoya qildi, deya ma`lumot bermoqda Sportni rivojlantirish vazirligi.

Qayd etilishicha, Qudratbek Salimjonov o`smirlar o`rtasida dast ko`tarishda 156kg, siltab ko`tarishda 168kg va ikkikurashda 324kg bilan kumush medalga sazovor bo`lgan. Ushbu vaznlar Qudratbek uchun yoshlar o`rtasida ham dast ko`tarish va ikkikurashda bronza medallarini olib bergan.

Amaldagi Jahon shempioni Sharofiddin Amriddinov esa Osiyoda ham tengsiz ekanligini isbotlagan.

"Dast ko`tarish mashqidan birinchi urinishidayoq 159kg bilan chempionlikni naqd qildi va keyingi urinishida ikkikurash uchun zahira yig`di. Siltab ko`tarishda esa asosiy raqobat qozog`istonlik sportchi bo`ldi. Ammo yurtdoshimiz jahon chempioni qit`ada ham tenzgsizligini isbotladi. Ikkikurashda esa Sharofiddin eng yaqin raqibini 12kg ortda qoldirib 362kg bolan oltin medalni qo`lga kiritdi",-deyiladi xabarda.

O`smirlar -102kg

Natijalar:

1. Nikita Abdurakhmanov (Qozog`iston) - 354 (158+196)kg,

2. Qudratbek Salimjonov (O`zbekiston) - 324 (156+168)kg,

3. Ismail Ali (Suriya) - 296 (135+161)kg.

Yoshlar -102kg

Natijalar:

1. Sharofiddin Amriddinov (O`zbekiston) - 362(165+197)kg,

2. Nikita Abdurakhmanov (Qozog`iston) - 354 (158+196)kg,

3. Qudratbek Salimjonov (O`zbekiston) - 324 (156+168)kg.

Shu tariqa, yoshlar o`rtasida Sharofiddin Amriddinov 3ta oltin medalni qo`lga kiritib Osiyo chempioni degan nomga sazovor bo`ldi, o`smirlar va yoshlar o`rtasida Qudratbek Salimjonov 3ta kumush, 2ta broza medalni qo`lga kiritdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1