AsosiySport

Bokschi Muhammad Aliga tegishli chempionlik kamari auksionda sotildi

'Bokschi Muhammad Aliga tegishli chempionlik kamari auksionda sotildi'ning rasmi

1974 yili afsonaviy bokschi Muhammad Ali qo`lga kiritgan chempionlik kamari 6,18 million dollarga sotildi, deya xabar berdi “Frans Press” axborot xizmati.

Dallasdagi “Heritage Auctions” majmuasida o`tgan kim oshdi savdosida Aliga tegishli kamarni Milliy futbol ligasi (NFL)da o`ynaydigan "Indianapolis Kolts" klubi egasi Jim Irsay qo`lga kiritdi. Auksionda taniqli bokschining boshqa buyumlari ham yangi egalarini topgan.

Eslatib o`tamiz ushbu kamarga ega chiqish uchun Muhammad Ali 1974 yili Formenga qarshi jang o`tkazib, sakkizinchi raundda raqibini nokautga uchratgan.

    Boshqa yangiliklar