Osiyo chempionatida ikki og`ir atletikachimiz 3 tadan medalni qo`lga kiritishdi

Sport 25.07.2022, 18:47
Osiyo chempionatida ikki og`ir atletikachimiz 3 tadan medalni qo`lga kiritishdi

Toshkentda og`ir atletika bo`yicha o`smirlar va yoshlar o`rtasidagi Osiyo chempionati o`tkazildi. Bu haqda Sportni rivojlantirish vazirligi xabar qildi.

Musobaqaning so`nggi kunida ham hamyurtlarimiz medallar jamg`arishdi. +109 kg vazn toifasidagi qatnashgan hamyurtimiz Mirhosil Mirzaboev dast ko`tarish mashqida oltin, siltab ko`tarishda bronza va ikki kurash bo`yicha kumush medalni qo`lga kiritdi.

+109 kg:

1. Alirizo Isfandiyoriy (Eron) – 386 (195+211) kg

2. Mirhosil Mirzaboev (O`zbekiston) – 382 (176+206) kg

3. Jiyong Nam (J.Koreya) – 371 (159+212) kg

Kecha U--17 toifasida -109 kg vazndagi Nurbol Abdurashitovning 316 (145+171) kg natijasi hamyurtimizga U--20 yo`nalishida 3 ta bronza medalini taqdim qildi.

Avvalroq, bugungi belashuvlarda Tursunoy Jabborova 3ta oltin, Kamola Karimova 3ta bronza medalni qo`lga kiritgan edi.

Bugun soat 20:00da og`ir atletika bo`yicha o`smirlar va yoshlar o`rtasidagi Osiyo chempionatining yopilish marosimi o`tkaziladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1