Parijda O`zbekiston prezidenti sovrini uchun xalqaro turnir o`tkazildi

Sport 25.07.2022, 23:16
Parijda O`zbekiston prezidenti sovrini uchun xalqaro turnir o`tkazildi

24 iyul kuni Fransiya poytaxti Parij shahrida kurash bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun xalqaro turnir tashkil etildi.

Evropa qit`asida “olijanob sport” deya e`tirof etilayotgan milliy sportimiz bo`lmish kurash yana sayyoragi eng go`zal shaharlardan biri Parijda tantana qildi, deya xabar beradi Sportni rivojlantirish vazirligi. 

Qayd etilishicha, jahonning 30ga yaqin davlatidan ko`zga ko`ringan polvonlar jam bo`lishgan.

Qizg`in va murosasiz kurashlar ostida o`tgan musobaqa yakunida erkaklar o`rtasida o`zbekistonlik Muhammadkarim Xurramov, ayollar orasida esa Germaniya vakilasi Jasmin Grabovskiylar bosh sovrinni qo`lga kiritishgan.

Quyida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun o`tkazilgan xalqaro turnir g`olib va sovrindorlari bilan tanishing:

Erkaklar

1. Muhammadkarim Xurramov (O`zbekiston),

2. Kulum Zakro (Serbiya),

3. Boban Danov (Makedoniya),

3. Kasper Szurovski (Polsha),

5. Marmelyuk (Estoniya),

5. Aleksandr Papanikolau Panagiotis (Gresiya),

7. Ugesh Gaetan (Fransiya),

7. Denis Sokol (Litva),

Ayollar

1. Jasmin Grabovski (Germaniya),

2. Sandra Likun (Polsha),

3. Laurin Manike Solance (Fransiya),

3. Bologan Viktoritsa (Belgiya),

5. Gabriela Gigova (Bolgariya),

5. Nicoleta-Karina Ganea (Ruminiya),

7. Hanna Lolova (Ukraina),

7. Durdona Abdujabborova (O`zbekiston).

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1