1

Amir Xon Muttaqiy AQShdan Afg`onistonning muzlatilgan pullarini shartlarsiz qaytarishni so`radi

Siyosat 26.07.2022, 11:48
Amir Xon Muttaqiy AQShdan Afg`onistonning muzlatilgan pullarini shartlarsiz qaytarishni so`radi

Toshkentda bo`lib o`tayotgan “Afg`oniston: xavfsizlik va iqtisodiy taraqqiyot” mavzusidagi xalqaro konferensiyada Afg`oniston tashqi ishlar vaziri Amir Xon Muttaqiy Afg`oniston o`z bo`yniga olgan barcha va`dalarni bajarayotganini ma`lum qildi. Endi AQShni ham va`dalarini bajarib, muzlatilgan pullarni qaytarishga chaqirdi, deya xabar bermoqda "darakchi.uz" muxbiri.

"Oldin hamma Afg`onistondagi urushni, otishmalarni to`xtatish haqida gapirar edi. Bugun esa biz Afg`onistonni tiklash, uning iqtisodiyotini o`nglash haqida gapiryapmiz. Biz hamma davlatlar bilan tinchlikni istaymiz. Afg`oniston hududidan boshqa davlatlarga tahdid qilinmaydi va bunga biz va`da berdik. Biz barcha va`dalarimizni bajardik. Barcha davlatlar bilan o`zaro hurmat asosida aloqalar o`rnatishga tayyormiz.

Biz AQShdan muzlatilgan pullarimizni shartlarsiz qaytarishini so`raymiz", deya dedi Amir Xon Muttaqiy.

Shuningdek, Muttaqiy barcha davlatlardan Afg`onistonga investisiya kiritishlarini so`radi. 
 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1