AsosiySport

"Paxtakor" yana bir futbolchi bilan shartnoma tuzdi

'"Paxtakor" yana bir futbolchi bilan shartnoma tuzdi'ning rasmi

Polshalik 25 yoshli hujumchi Pshemislav o`zbek futbol klubiga transfer qilindi.

Ma`lum qilinishicha, Banashak o`tgan mavsumda "Gurnik" bilan Polsha yuqori divizionida ishtirok etgan. So`nggi uch mavsumda Pshemislav ushbu jamoa sharafini himoya qilgan. Faoliyati davomida "Chelmianka" va "Vidzev" klublari safida ham to`p tepgan. 

Pshemislav "Paxtakor"da o`ynaydigan polshalik birinchi futbolchiga aylanmoqda.

Eslatib o`tamiz, avvalroq “Paxtakor” evropalik futbolchi Iliya Martinovichni safiga qo`shib olgandi.

    Boshqa yangiliklar