Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning tasdiqlashicha, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo`g`on va Rossiya prezidenti Vladimir Putin 5 avgust kuni Rossiyaning Sochi shahrida uchrashadi. Bu haqda xorij OAVga asoslanib "Zamon.uz" yozmoqda.
Peskov muzokaralar mintaqaviy muammolar va ikki tomonlama munosabatlar mavzusida bo`lib o`tishini taxmin qilmoqda.
Erdo`g`onning Sochiga qiladigan bir kunlik tashrifi Rossiya—Ukraina urushini muhokama qilish va Ukrainadan don etkazib berishni qayta tiklash rejasini muhokama qilishga bag`ishlanishi qayd etilmoqda.