1

Italiyadan xushxabar: O`zbekiston yunon-rum kurashchilari JChni 4 medal bilan yakunlashdi

Sport 28.07.2022, 20:04
Italiyadan xushxabar: O`zbekiston yunon-rum kurashchilari JChni 4 medal bilan yakunlashdi

Italiya erkin, yunon-rum va ayollar kurashi bo`yicha o`smirlar (U 17) o`rtasidagi jahon chempionatiga mezbonlik qilmoqda.

Mazkur chempionatdan ajoyib xushxabar: - 51 kg vaznda O`zbekiston sharafini himoya qilgan Aytjan Xalmaxanov chempionga aylandi. U finalda eronlik Muhammadrizo Golamidan 5-0 hisobida ustun keldi va oltin medalni qo`lga kiritdi, deya xabar bermoqda Sportni rivojlantirish vazirligi.

Ta`kidlanishicha, Aytjan Xalmaxanov dastlab uchkurash sport turi bilan shug`ullangan. Ushbu sport turida qo`yilgan poydevor Xalmaxanov chempion bo`lishida muhim rol o`ynagan bo`lsa ajab emas.

Ma`lumot uchun, -45 kg vaznda finalda kurashgan Shahzod Ro`zioxunov ukrainalik Evgen Pokovbaga imkoniyatni boy berib, kumush medal bilan taqdirlandi.

Shu tariqa, o`zbek yunon-rum kurashchilari jahon chempionatini 1ta oltin, 1ta kumush va 2ta bronza medali bilan yakunlashdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1