1

Toshkentda ShHTga a`zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari Kengashining yig`ilishi boshlandi

Siyosat 29.07.2022, 11:40
Toshkentda ShHTga a`zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari Kengashining yig`ilishi boshlandi

O`zbekiston Respublikasining Shanxay hamkorlik tashkilotiga raisligi doirasida bugun Toshkent shahridagi ShHTga a`zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari Kengashining navbatdagi yig`ilishi o`z ishini boshladi. 

Yig`ilishda Hindiston tashqi ishlar vaziri Subramanyam Jayshankar, Qozog`iston Bosh vazirining o`rinbosari - tashqi ishlar vaziri Muxtor Tleuberdi, Xitoy Davlat kengashi a`zosi, tashqi ishlar vaziri Van I, Qirg`iziston tashqi ishlar viziri Jeenbek Kulubaev, Pokiston tashqi ishlar vaziri Bilaval Bxutto Zardariy, Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov, Tojikiston tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin, shuningdek, ShHT bosh kotibi Chjan Min i va ShHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qo`mitasi direktori Ruslan Mirzaev ishtirok etmoqda.

Tadbir ishtirokchilarining birgalikda suratga olish marosimi bo`lib o`tdi.

Uchrashuv 2022-yil 15-16 sentyabr kunlari Samarqand shahrida o`tkazilishi rejalashtirilgan Tashkilot sammitiga tayyorgarlikning yakuniy bosqichidir.

O`zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov Toshkent shahrida ShHTga a`zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari Kengashining yig`ilishini ochiq deb e`lon qildi  va nutq so`zladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1