AsosiySiyosat

O`zbekiston va Qozog`iston diplomatik munosabatlari 30 yilligini keng nishonlaydi

'O`zbekiston va Qozog`iston diplomatik munosabatlari 30 yilligini keng nishonlaydi'ning rasmi

Toshkentda O`zbekiston va Qozog`iston o`rtasida diplomatik aloqalar o`rnatilganining 30 yilligini keng nishonlash bo`yicha Qo`shma tadbirlar rejasini imzolash marosimi bo`lib o`tdi. Bu haqda TIV xabar qildi.

Rejada ikki davlat hamkorligida bag`ishlangan qator tadbirlar aks etgan.

Hujjatni O`zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov va Qozog`iston Respublikasi Bosh vaziri o`rinbosari, tashqi ishlar vaziri Muxtor Tleuberdi imzoladilari.

Marosim Toshkent shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a`zo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashining  yig`ilishi doirasida bo`lib o`tdi.

O`zbekiston Respublikasi va Qozog`iston Respublikasi o`rtasida diplomatik aloqalar 1992 yil 23 noyabrda o`rnatilgan.

    Boshqa yangiliklar