1

Futbol: O`zbekiston nogiron-amputantlar terma jamoasining jahon chempionatidagi raqiblari ma`lum bo`ldi

Sport 31.07.2022, 20:00
Futbol: O`zbekiston nogiron-amputantlar terma jamoasining jahon chempionatidagi raqiblari ma`lum bo`ldi

Joriy yilning 30 sentyabridan 9 oktyabrgacha Turkiyaning Istanbul shahrida nogiron-amputantlar o`rtasida jahon chempionati bo`lib o`tadi.

Bugun nogiron-amputantlar o`rtasidagi Jahon chempionati oldidan qur`a tashlandi, deya xabar bermoqda Sportni rivojlantirish vazirligi. Qur`a natijalariga ko`ra, O`zbekiston "E" guruhidan o`rin olgan holda Polsha, Ispaniya hamda Tanzaniya terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.

Eslatib o`tamiz, O`zbekiston nogiron-amputantlar terma jamoasi besh karra jahon chempioni sanaladi. Jumladan, 1990 (AQSh), 1991 (O`zbekiston), 2007 (Turkiya), 2010 (Argentina) hamda 2012 (Rossiya) yilgi jahon chempionatlarida oltin medallarni qo`lga kiritgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1