Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati “O`zbekiston – Ozarbayjon – Turkiya” muloqotining bo`lajak birinchi yig`ilishi to`g`risida ma`lumot taqdim etdi.
Ma`lum qilinishicha, 2022 yil 2 avgust kuni Toshkent shahrida “O`zbekiston – Ozarbayjon – Turkiya” muloqotining birinchi yig`ilishi bo`lib o`tadi. Tadbirda uch mamlakatning tashqi siyosat, savdo, iqtisodiyot va transport masalalari uchun mas`ul bo`lgan vazirliklari rahbarlari ishtirok etadilar.
Tomonlar O`zbekiston, Ozarbayjon va Turkiya o`rtasidagi mintaqaviy va xalqaro siyosat, savdo, iqtisodiyot, investisiyalar va transport sohalaridagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalarini muhokama qiladilar.
Uchrashuv davomida mazkur yo`nalishlarda o`zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish bo`yicha yangi takliflar ishlab chiqiladi.
Tadbir yakunida Toshkent deklarasiyasini qabul qilish rejalashtirilgan.






