AsosiyJamiyat

"Uzbekistan Airways" Londonga aviaqatnovlar sonini oshirmoqda

'"Uzbekistan Airways" Londonga aviaqatnovlar sonini oshirmoqda'ning rasmi

"Uzbekistan Airways" aviakompaniyasi Toshkent-London-Toshkent yo`nalishi bo`yicha aviaqatnovlar soni oshirilganini ma`lum qiladi.

Hozirda Buyuk Britaniya poytaxtiga qatnovlar haftada 2 marta – seshanba va juma kunlari amalga oshirilayotgan edi. Kompaniya joriy yilning 21 avgustdan ushbu xalqaro yo`nalishda yakshanba kunlari qo`shimcha qatnovlarni yo`lga qo`yadi.

 Aviachiptalarni www.uzairways.com rasmiy saytida 3% chegirma bilan, "Uzbekistan Airways Sales"  filialida va aviakompaniya agentlaridan xarid qilishingiz mumkin.

    Boshqa yangiliklar